«Ayaks» ter Stegen va Penyaga qiziqmoqda
«Ayaks» «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Stegennni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Voetbal International xabar berdi.
Niderlandiya grandi tarkibni tajribali posbon bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. 34 yoshli futbolchi yanvar oyidan beri «Jirona» safida ijarada to‘p surmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Ayaks» kataloniyaliklarning yana bir darvozaboni — Inyaki Penyani ham kuzatmoqda. U ayni paytda Elcheda ijarada o‘ynamoqda. Ta'kidlanishicha, «Barselona»da har ikkala posbonga ham katta umid bog‘lanmayapti.
Ter Stegen yanvar oyidan buyon tizza orqa paylaridagi jarohatdan tiklanmoqda. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, darvozabonning bozor qiymati taxminan 4 million yevroni tashkil etadi.