«Ayaks» Sebalosga qiziqish bildirmoqda
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
«Ayaks» Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Dani Sebalosga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.
Niderlandiya klubi sport direktori Yordi Kroyf 29 yoshli futbolchini yangi loyiha bir qismi sifatida ko‘rmoqda. «Ayaks»da Sebalos jamoa o‘yin uslubiga mos keladi deb hisoblashmoqda, chunki klubga tajribali futbolchilar zarur.
Ushbu mavsum Sebalos barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda ishtirok etdi, ammo samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi. Umuman olganda, yarimhimoyachi maydonda 810 daqiqa o‘ynadi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist