locale OZ

«Ayaks» oʻz tarkibini Kayo Enrike yordamida kuchaytirmoqchi

Kelishuv bahosi taxminan 10 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Ayaks» oʻz tarkibini Kayo Enrike yordamida kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Amsterdamning «Ayaks» klubi «Monako» himoyachisi Kayo Enrikening transferi borasida jiddiy muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Footmercato nashri xabar tarqatdi.

Niderlandiya klubi ushbu transferni joriy yozgi transfer oynasida yakunlashni maqsad qilgan. Kelishuv bahosi taxminan 10 million yevroga baholanmoqda, shuningdek, shartnomada turli bonuslar ham ko‘zda tutilishi kutilmoqda. Braziliyaning «Flamengo» klubi ham futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Ortda qolgan mavsumda Kayo Enrike «Monako» tarkibida barcha turnirlar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor bahosi 12 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting