locale OZ

Avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan Diogu Jotaning ortida rafiqasi va uch nafar farzandi qoldi

Avariyada uning akasi ham hayotdan ko‘z yumdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Fojia yuz berganidan atigi 10 kun oldin, “Liverpul” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Jota uzoq yillardan beri birga bo‘lgan sevgilisi — Rute Kardoso bilan turmush qurgan edi. Nikoh marosimi 22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan.

O‘sha paytda ijtimoiy tarmoqlarda ularning to‘y suratlari tarqaldi. Suratlarda Diogu, Rute va ularning uch farzandi — to‘rt yoshli Denis, ikki yoshli Duarte hamda 2024 yilda tug‘ilgan qizaloq tasvirlangan.

To‘ydan so‘ng futbolchi shunday yozgandi: «Abadiy…»

Hayot endigina boshlanganday edi. Afsuski, u kutilmaganda uzildi. Futbolchining oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting