Avstriya Ralf Rangnik bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv JCh-2026'dan soʻng yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
Avstriya futbol ittifoqi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ralf Rangnik bilan hamkorlikni davom ettirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda o‘tmoqda. Mutaxassisning amaldagi mehnat shartnomasi JCH-2026 yakuniga qadar amal qiladi. Hozirda gap Yevro-2028 yakuniga qadar mo‘ljallangan yangi kelishuv haqida bormoqda. Yangi shartnomaga ko‘ra, murabbiyning yillik maoshi soliqlar chegirib tashlanishidan oldin 2 million yevrogacha yetishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak dunyo birinchiligining guruh bosqichida Avstriya terma jamoasi Argentina, Jazoir va Iordaniya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist