Avstraliya Paragvay bilan durang o‘ynab, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi
Ikki jamoa ham pley-offga yo'l oldi.
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
25.06.2026, Yak.
Paragvay
0
Avstraliya
0
Jahon chempionati «D» guruhi 3-turida Paragvay va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi. Santa-Klaradagi Levi’s Stadium’da kechayotgan bahs har ikki jamoa uchun pley-off yo‘llanmasi nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatgа ega bo'ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Avstraliya faolroq harakat qildi. Jamoa to‘pga ko‘proq egalik qildi, hujumlarni asosan o‘ng qanot orqali tashkil etdi va Paragvay himoyasini bosim ostida ushlab turdi. Ayniqsa, Jordan Bos va Kristian Volpato tandemining qanotdagi harakatlari avstraliyaliklarga bir necha bor imkoniyat yaratdi.
Jahon chempionati
D guruhi, 3-tur
Paragvay — Avstraliya 0:0