locale OZ

Avstraliya futbolida noodatiy qoida joriy etildi

Yangi tizimdan ko‘zlangan maqsad durang bilan yakunlanadigan uchrashuvlarga qo‘shimcha raqobat va qiziqish olib kirishdan iborat.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Avstraliya futbolida noodatiy qoida joriy etildi
Foto: Getty Images

Avstraliyadagi ikkinchi darajali milliy musobaqa — Australian Championshipda yangi format sinovdan o‘tkaziladi. Turnirning guruh bosqichida uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlansa, g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan jamoaga 2 ochko, mag‘lub bo‘lgan tomonga esa 1 ochko beriladi. Mazkur qoida faqat turnirning guruh bosqichida amal qiladi.

Yangi tizimdan ko‘zlangan maqsad durang bilan yakunlanadigan uchrashuvlarga qo‘shimcha raqobat va qiziqish olib kirishdan iborat. Shu tariqa, 90 daqiqadan so‘ng hisob teng bo‘lsa ham, jamoalar o‘rtasida g‘olib aniqlanadi va ochkolar natijaga qarab taqsimlanadi.

Ma’lumot uchun, Avstraliyada shunga o‘xshash tizim 1994/95-yilgi mavsumda ham qo‘llangan. 1973-yilda SSSR chempionatida ham duranglardan keyin penaltilar seriyasi joriy etilgan, biroq keyinchalik bu tajriba bekor qilingan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting