Avgustda Toshkentga jahon futboldagi afsonalar tashrif buyuradi
O‘zbekistonda avgust oyi yana bir yorqin sport voqeasiga aylanadi — 26–27 avgust kunlari dunyoning mashhur futbol yulduzlari yurtimizga tashrif buyuradi. Tadbirlar doirasida Jahon chempionlari va Yevropa maydonlarining afsonalari ishtirok etadi: Dida, Roberto Karlos, Fabio Kannavaro, Marko Materatssi, Maykon, Kristian Zakkardo, Klarens Zeedorf, Serjinyo, Frank Ribery va Kevin Kurani.
26 avgust kuni “Humo Arena”da futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi–2025da “BMB” va “Oil Star” jamoalari bahs olib boradi, shuningdek, afsonaviy futbolchilar muxlislar bilan uchrashadi.
27 avgustda esa asosiy voqea — O‘zbekiston terma jamoasi va Jahon futboldagi afsonalar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. O‘yin vaqti hamda manzili yaqin kunlarda ma’lum qilinadi.
