«Atletiko»Jekson uchun kurashdan chiqdi
Ayni paytda Jekson uchun asosiy da'vogarlar qatorida "Aston Villa" qolmoqda.
ФОТО: Getty images
Madridning "Atletiko" klubi "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jeksonni transfer qilish bo'yicha kurashni to'xtatdi.
Tomonlar o'rtasida muzokaralar bo'lgan, biroq madridliklar futbolchini ijaraga olishni istagan, "Chelsi" esa uni faqat to'liq transfer orqali qo'yib yuborishga tayyor ekanini bildirgan.
Avvalroq "Atletiko" Jeksonni Aleksandr Syorlotning jarohatidan keyin hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rgan edi. Madridliklar hatto futbolchining maoshining bir qismini "Chelsi" to'lashini ham so'ragan.
"Chelsi" senegallik forvard uchun taxminan 65 mln yevro talab qilmoqda. Ayni paytda Jekson uchun asosiy da'vogarlar qatorida "Aston Villa" qolmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist