locale OZ

“Atletiko” Viktor Osimhen transferidan voz kechdi

Osimhenning xizmatlari “Barselona”, “Tottenhem” va “Arsenal”ga ham taklif qilingan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Atletiko” Viktor Osimhen transferidan voz kechdi
Foto: Getty Images

“Galatasaroy” hujumchisi Viktor Osimhen yozgi transfer oynasida Madridning “Atletiko” klubiga taklif qilingan.

Xabarlarga ko‘ra, futbolchining vakillari 27 yoshli nigeriyalik hujumchini taxminan 75 million yevroga sotib olish mumkinligini ma’lum qilgan. Osimhenning o‘zi esa Diyego Simeone jamoasiga qo‘shilish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor bo‘lgan.

Biroq “Atletiko” muzokaralarni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Madrid klubi bunday transfer uchun yetarli moliyaviy imkoniyatga ega emasligini, shuningdek, markaziy hujumchi pozitsiyasida Xulian Alvaresga to‘liq ishonishini bildirgan.

Osimhenning xizmatlari “Barselona”, “Tottenhem” va “Arsenal”ga ham taklif qilingan. Hujumchi o‘tgan mavsumda 33 uchrashuvda 22 ta gol urib, 8 ta golli uzatma bergan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting