locale OZ

«Atletiko» va «Vilyarreal» Job Bellingemga qiziqish bildirmoqda

Angliyalik futbolchi «Borussiya D»ni tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» va «Vilyarreal» Job Bellingemga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Job Bellingem «Atletiko» va «Vilyarreal» jamoalarining e’tiborini tortdi. Har ikki klub futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Avvalroq Job Bellingem «Borussiya»ni tark etishni istayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Futbolchi o‘yin amaliyotining kamligidan norozi bo‘lib, aynan shu omil uning boshqa klubga o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin. U Dortmund jamoasiga o‘tgan yil yozida kelib qo‘shilgan bo‘lsa-da, hozircha asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin egallay olmadi.

Joriy mavsumda Bellingem 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting