locale OZ

«Atletiko» va «Arsenal» Alvares hamda Dyokeresh transferlari bo‘yicha kelishuvga erishdi — El Chiringuito

Uning "qizil-oqlar" bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» va «Arsenal» Alvares hamda Dyokeresh transferlari bo‘yicha kelishuvga erishdi — El Chiringuito
ФОТО: Getty images

Londonning "Arsenal" klubi Madridning "Atletiko" klubi bilan argentinalik hujumchi Xulian Alvaresning transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda El Chiringuito TV X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, transfer narxi 50 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, kelishuvga "kanonirlar"ning shved hujumchisi Viktor Dyokeresh ham kiritilishi kerak, u Madrid klubiga yo‘l oladi.

Ta'kidlanishicha, "Atletiko" bosh direktori Xil Marin "Barselona" prezidenti Joan Laportaga qo‘ng‘iroq qilib, argentinalik forvard "ko‘k-anorranglilar"ga sotilmasligini shaxsan ma'lum qilgan.

Alvares 26 yoshda. O‘tgan klub mavsumida argentinalik forvard barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "qizil-oqlar" bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt internet-portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 100 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting