locale OZ

“Atletiko” Tyago Almadani sotishga yaqin

Tomonlar qariyb 22 million yevrolik transfer yuzasidan kelishuvga yaqinlashgan.
“Atletiko” Tyago Almadani sotishga yaqin
Foto: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi argentinalik vinger Tyago Almada bilan xayrlashishga yaqin turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin. Uning transferi bo‘yicha “River Pleyt” bilan muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan.

Tomonlar qariyb 22 million yevrolik transfer yuzasidan kelishuvga yaqinlashgan. Hozirda bitimning so‘nggi tafsilotlarini hal qilish qolgan va futbolchining yangi klubiga o‘tishi yaqin kunlarda rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Almada “Atletiko” safiga 2025-yil yozida Braziliyaning “Botafogo” klubidan kelib qo‘shilgandi. U Diyego Simeone jamoasi safida jami 40 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan. Hozircha transfer klublar tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting