«Atletiko» Trezoldini sotib olishi mumkin
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati taxminan 13 million yevroga baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
“Atletiko” klubi “Bryugge” hujumchisi Nikolo Trezoldini sotib olishni rejalashtirmoqda. Germaniya U-21 terma jamoasi a'zosi bo'lgan futbolchi ham klubini o'zgartirishga qarshi emas. Bu haqda Patrik Berger xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “Atletiko” Trezoldiga jiddiy qiziqish bildirmoqda — uning o'yini skautlar e'tiborini tortgan. Belgiya klubi esa futbolchi uchun taxminan 30 million yevro talab qilmoqda, chunki uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Trezoldi “Bryugge” safida barcha musobaqalarda 57 ta o'yinda qatnashib, 20 ta gol urdi va 8 ta assist qayd etdi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati taxminan 13 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist