“Atletiko” “Tottenhem” himoyachi bilan muzokara olib bormoqda
FOTO: Getty Images
Madridning “Atletiko” klubi “Tottenhem” himoyachisi Kristian Romeroga qiziqish bildirmoqda. Klublar allaqachon transfer borasida muzokaralarni boshlab yuborishgan. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
“Atletiko” Romeroni yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Muzokaralar boshlangan. Himoyachi “Atletiko”ga 2030-yilga qadar shartnoma imzolashga tayyorligini allaqachon ma'lum qilgan”, - deb yozadi Skira.
Ma'lumot uchun, Romero joriy mavsum APL'da 18 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist