locale OZ

«Atletiko» Sørlotni sotishga tayyor

Futbolchining "matraschilar" bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Sørlotni sotishga tayyor
ФОТО: Getty images

"Atletiko" hujumchi Aleksandr Sørlotni sotish variantini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, agar klubga munosib taklif tushsa, madridliklar uni ko‘rib chiqishga tayyor. "Atletiko" 30 yoshli futbolchi uchun 35-40 mln yevro talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sørlot madridliklar safida 2024 yil yozidan beri to‘p suradi. Norvegiyalik hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 20 mln yevro deb baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting