locale OZ

«Atletiko» Sörlot bilan xayrlashmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Sörlot bilan xayrlashmoqchi
Фото: Getty Images

Madridning "Atletiko" klubi hujumchi Aleksandr Sörlot bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "matraschilar" rahbariyati norvegiyalik 29 yoshli futbolchini ketkazish yo'llarini izlamoqda.

Unga "Napoli" klubi tomonidan qiziqish bo'lgandi. Ammo Neapol klubi rasmiy taklif bilan klubga bog'lanmagan.

Futbolchi "Atletiko"ga qadar "Leyptsig" va "Real Sosedad" jamoalarida ham to'p tepgan.

Sörlot o'tgan mavsumda La Ligada rekord o'rnatgandi. U La Liga tarixidagi eng tezkor xet-trikni qayd etgandi. Bu natija uchun Aleksandr 10 daqiqa 46 soniya vaqt sarflagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting