«Atletiko» Silva uchun 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor
“Atletiko” klubi mavsum yakunida “Manchester Siti”ni tark etadigan yarim himoyachi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi “matraschilar” tomonidan bildirilgan qiziqishdan mamnun. Madrid klubi Bernarduni Antuan Grizmann o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, “matraschilar” allaqachon 31 yoshli futbolchining agenti bilan muzokaralarni faol davom ettirmoqda. Klub unga 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor, shuningdek yana bir yilga uzaytirish imkoni ham ko‘zda tutilgan.
Joriy mavsumda Silva barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 27 million yevroni tashkil qiladi.