locale OZ

«Atletiko» Romero transferini ko‘rib chiqmoqda

Himoyachining "Tottenhem" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Romero transferini ko‘rib chiqmoqda
ФОТО: Getty images

"Tottenhem" markaziy himoyachisi Kristian Romero yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchini Madridning "Atletiko" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Uning transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Qayd etilishicha, himoyachining "Tottenhem" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Romero ushbu mavsum APLda 23 ta bahsda maydonga tushib, 4 gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting