«Atletiko» Raspadorining transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
“Napoli” hujumchisi Jakomo Raspadori “Atletiko” futbolchisiga aylandi.
Madrid klubi italiyalik futbolchi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq kelishuv 22 million yevroga teng bo‘lishi xabar qilingandi. Yana 4 millioni bonus sifatida to‘lanishi mumkin.
Italiyalik 25 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan mavsum “Napoli” safida A Seriyaning 26 ta uchrashuvida maydonga tushib, 6 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilish bilan birga 1 ta assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Bahrom Bobonov
Redaktor