locale OZ

«Atletiko» rahbari Alvaresning kelajagi haqida gapirdi

Alvaresning “matraschilar” bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» rahbari Alvaresning kelajagi haqida gapirdi
ФОТО: Getty images

Madridning “Atletiko” klubi bosh direktori Migel Anxel Xil jamoa hujumchisi Xulian Alvaresga bo‘lgan qiziqishlar haqida fikr bildirdi.

Avvalroq Alvares ommaviy tarzda klubni tark etish istagini bildirgan edi. Unga da’vogarlar orasida “Barselona” ham borligi aytilmoqda.

Biroq “Atletiko” rahbariyati futbolchining shartnomaviy holati klub qo‘lida ekanini ta’kidlamoqda. FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchi boshqa klublar bilan rasmiy muzokara olib borishi uchun uning amaldagi shartnomasi tugashiga olti oydan kam vaqt qolgan bo‘lishi kerak.

Ayni paytda Alvaresning “Atletiko” bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Shu bois, madridliklar argentinalik yulduzning kelajagi borasida hal qiluvchi pozitsiyaga ega bo‘lib turibdi.

So‘nggi oylarda Alvaresning nomi Yevropaning bir qator grand klublari bilan bog‘lanmoqda. Ammo uning ehtimoliy transferi bo‘yicha yakuniy qaror “Atletiko” rahbariyati va futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting