«Atletiko Mineyro» Halkka oʻziga xos shartnoma taklif qildi
Braziliyalik hujumchi faoliyatini Braziliya klubida yakunlashi mumkin.
FOTO: Getty Images
39 yoshli braziliyalik hujumchi Halk faoliyatini «Atletiko Mineyro» klubida yakunlashi mumkin. Bu haqda insayder Gilyerme Frossard X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Atletiko Mineyro» rahbariyati futbolchiga faoliyatining oxirigacha klubda qolishni nazarda tutuvchi maxsus reja taklif qilgan.
Ushbu reja klub daromadlaridan foiz ajratilishi, Braziliya chempionatidagi so‘nggi yillari haqida hujjatli film suratga olinishi, shuningdek stadion oldida Halk sharafiga shaxsiy haykal o‘rnatilishini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, Halk «Atletiko Mineyro» tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist