locale OZ

“Atletiko” “Manchester Yunayted”ning ikki vingeriga ko'z tikdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Atletiko” “Manchester Yunayted”ning ikki vingeriga ko'z tikdi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted”ning ikki nafar futbolchisi yozgi transferlar vaqtida La Ligaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Madridning “Atletiko” klubi Alexandro Garnacho va Antoniga qiziqish bildirmoqda. “Qizil iblislar” esa bu futbolchilarni 100 million yevroga baholagan - Garnacho 60 million, Antoni 40 million.

Ta'kidlanishicha, Antoni ijara asosida o'ynayotgan “Betis” futbolchini saqlab qolishni istaydi, biroq mablag' yetishmasligi sabab to'laqonli transferni amalga oshira olmaydi.

Ma'lumot uchun, “Atletiko” ayni dam Ispaniya La Ligasining 31- turidan so'ng 63 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting