locale OZ

«Atletiko» Li Kan Inga da’vofarlik qilmoqda

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Li Kan Inning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Li Kan Inga da’vofarlik qilmoqda
ФОТО: Getty images

«PSJ» yarim himoyachisi Li Kan In klubni tark etmoqchi va asosiy variant sifatida Madridning «Atletiko»sini ko‘rib chiqmoqda.

Fransiya klubi futbolchini 30 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin. Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid va Parij klublari o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajada. «Atletiko» futbolchiga nafaqat tarkibni kuchaytirish, balki marketing maqsadlarida ham qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Li Kan Inning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting