«Atletiko» Kukurelyani sotib olmoqchi
Markning “Chelsi” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Chelsi” chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madridning “Atletiko” klubi 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Biroq “matraschilar” hozircha ispaniyalik futbolchi bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirayotgani yo‘q.
“Chelsi” ham o‘z etakchisini qo‘yib yuborishni mo‘ljallamayapti va shu sababli kelishuv oson bo‘lmasligi mumkin. Markning “Chelsi” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
“Barselona” tarbiyalanuvchisining transfer bahosi Transfermarkt portaliga ko‘ra 45 million yevroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda Kukurelya Entso Mareska jamoasi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta assist amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist