«Atletiko» Kukurelyani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2028 yilning oʻrtalarigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Kukurelyaning oʻz jamoasiga qo‘shilishini istaydi.
Biroq muammo bor: moliyaviy cheklovlar tufayli transferni amalga oshirish qiyin boʻladi. "Chelsi" dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblangan Kukurelyani juda qadrlaydi.
Qolaversa, futbolchi Londonda katta maosh oladi. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari 27 yoshli Mark Kukurelyani 45 million yevroga baholamoqda. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2028 yilning oʻrtalarigacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist