locale OZ

“Atletiko” Kristian Romero uchun 30 million yevro taklif qiladi

Futbolchi uchun “Inter” ham kurash olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Atletiko” Kristian Romero uchun 30 million yevro taklif qiladi
Foto: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi “Tottenhem” himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Marca nashriga ko‘ra, ispan klubi 28 yoshli argentinalik futbolchi uchun taxminan 30 million yevrolik ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda. “Tottenhem” esa Romero transferidan kamida 40 million yevro ishlab olishni istamoqda.

Futbolchi uchun “Inter” ham kurash olib bormoqda. Milan klubi London jamoasiga 35 million yevro va yana 5 million yevro bonus ko‘rinishida taklif yuborgan. Biroq Romeroning o‘zi Diyego Simeone boshchiligidagi “Atletiko”ga o‘tishni afzal ko‘rayotgani aytilmoqda.

“Atletiko” Matteo Rujeri va Nauel Molinani sotgach, muzokaralarni tezlashtirib, argentinalik himoyachi transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Hozircha klublar o‘rtasida yakuniy kelishuv mavjud emas.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting