locale OZ

«Atletiko» Joau Gomes transferidan voz kechdi

Bunga agent sabab bo‘lishi mumkin.
«Atletiko» Joau Gomes transferidan voz kechdi
ФОТО: Getty images

Madridning "Atletiko" klubi "Vulverxempton" yarim himoyachisi Joau Gomesni xarid qilish rejasidan voz kechdi. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, "Atletiko" "Vulverxempton" bilan 45 million yevroga transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan, shuningdek, futbolchining shaxsiy shartlari ham kelishilgan edi. Biroq yakunda madridliklar ushbu transferni amalga oshirishdan bosh tortdi.

Qayd etilishicha, klub bu qarorni futbolchining agenti Jorge Mendesh bilan bog‘liq holat sabab qabul qilgan. Gap shundaki, Mendesh avvalroq "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaning "Atletiko"ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishgan, ammo portugaliyalik futbolchi oxir-oqibat "Real" safiga qo‘shilgan.

Ayni paytda Joau Gomesga Angliyaning "Lids Yunayted", Italiyanning "Atalanta" hamda Turkiyaning "Galatasaroy" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Braziliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, Joau Gomesning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting