«Atletiko» Joao Gomes transferini sotib olishga yaqin
Bu haqida mashhur jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
ФОТО: Getty images
Ispaniyaning "Atletiko Madrid" klubi Angliyaning "Vulverxempton" klubi yarim himoyachisi Joao Gomesni sotib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqida taniqli jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Madridlik klub futbolchi bilan mehnat shartnomasini kelishib oldi. Shu bilan birga, ispan jamoasi "bo'rilar" bilan muzokaralarni ham davom ettirmoqda. Har ikki tomon ham optimistik kayfiyatda.
Joao Gomes bu mavsumda 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 3 ta assist muallifi bo‘ldi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Transfermarkt uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist