locale OZ

«Atletiko» Jezus va Martinelliga qiziqish bildirmoqda

«Arsenal» ushbu futbolchilarning transferiga qarshi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Jezus va Martinelliga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi Londonning «Arsenal» jamoasi futbolchilari Gabriel Jezus va Gabriel Martinelliga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «to‘pchilar» braziliyalik hujumchilarning Ispaniya klubiga transfer qilinishiga to‘sqinlik qilishmoqchi emas. Har ikki futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Gabriel Jezus klub safida barcha turnirlar doirasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Gabriel Martinelli esa 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 5 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchilarning bozor qiymati mos ravishda 20 million va 45 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting