locale OZ

\"Atletiko\" ikki nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Atletiko" ikki nafar futbolchisi bilan xayrlashdi
Photo: Getty Images

Madridning "Atletiko" klubi o‘zining ikki himoyachisi Reynaldu Mandava hamda Sezar Aspilikueta bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, “matraschilar” har ikki futbolchi bilan shartnoma muddatini uzaytirishni xohlamagan.

31 yoshli Mandava madridliklar safida 4 mavsum to‘p surdi. Chap qanot himoyachisi "matraschilar" safida 103 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan.

35 yoshli Aspilikueta Madrid klubida ikki mavsum o‘tkazdi. Bu vaqt ichida u 54 ta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchi o‘ng qanot himoyachisi va himoya markazida o‘ynadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting