locale OZ

«Atletiko» hujumchisi «Nyukasl»ga o'tishi mumkin

Uning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» hujumchisi «Nyukasl»ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Atletiko" klubi hujumchisi Aleksandr Sørloth JCH-2026 oldidan ko'proq o'yin amaliyoti olish maqsadida qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Fichajes portalining xabariga ko'ra, 29 yoshli norvegiyalik futbolchining holatini "Nyukasl" diqqat bilan kuzatmoqda. "Qarg'alar" qishda yangi hujumchi olishni maqsad qilgan.

Shuningdek, unga "Fenerbahche" ham qiziqish bildirmoqda. U klubning short-listidan o'rin olgan.

Norvegiyalik, 1,95 metr bo'yga ega gigant hujumchi hozirda 25 million yevroga baholanmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Sørloth joriy mavsumda 11 ta o'yinda 2 ta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting