locale OZ

«Atletiko» Grizmann oʻrniga uch nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda

Avvalroq fransiyalik hujumchi MLS klubi bilan shartnoma imzolagandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Grizmann oʻrniga uch nafar nomzodni koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi MLSning «Orlando Siti» jamoasi bilan shartnoma imzolagan hujumchi Antuan Grizmanning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan uchta nomzodni aniqlab oldi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Ispaniya klubi «PSJ» futbolchisi Li Kan Inni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, «matraschilar» «Marsel» a’zosi Meyson Grinvud va «Barselona» hujumchisi Ferran Torresga ham qiziqish bildirmoqda.

«Atletiko» rahbariyatining fikricha, koreyalik futbolchi cheklangan hududda raqib mudofaasini parokanda qilish qobiliyati va hujumchilar bilan samarali hamkorligi bilan e’tiborga loyiq. Grinvud esa o‘zida hujumni yakunlash mahorati, tezlik va Ispaniya ligasidagi tajribani mujassam etgan. Ferran Torres esa bir nechta pozitsiyalarni yopa oladigan universal futbolchi sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Orlando Siti» 24 mart kuni Grizman transferini rasman e’lon qildi. Futbolchining yangi klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyulidan kuchga kiradi. Kelishuv 2027/2028 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting