«Atletiko» Grizmann oʻrniga «Borussiya Dortmund» futbolchisini olib kelmoqchi
Madridning «Atletiko» klubi joriy yozda jamoani tark etadigan hujumchi Antuan Grizmanning o‘rnini bosuvchi futbolchini aniqlab oldi. Ma’lum bo‘lishicha, fransiyalik futbolchi allaqachon «Orlando Siti» bilan shartnoma imzolab ulgurgan. «Matraschilar» uning o‘rniga Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Yulian Brandt transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Germaniyalik futbolchi shu yozda «asalarilar» safini erkin agent sifatida tark etadi, bu esa Madrid klubiga uni tekinga qo‘lga kiritish imkonini beradi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yulian Brandt 2019 yilda «Bayer»dan «Borussiya Dortmund» safiga 25 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 20 million yevroga baholamoqda.