locale OZ

«Atletiko» Grimaldo bilan kelishuvga erishdi — manba

Grimaldo Germaniya klubi safida 2023 yilning yozidan buyon to'p suradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Grimaldo bilan kelishuvga erishdi — manba
ФОТО: Getty images

Madridning "Atletiko" klubi "Bayer"ning chap qanot himoyachisi Alejandro Grimaldoning transferi borasida kelishuvga erishdi.

"Matraschilar" 30 yoshli futbolchi uchun 12 mln yevro to'laydi. Ikki klub o'rtasidagi muzokaralar qiyin kechmasligi kutilmoqda. Bu haqda Atletico Universe nashri Marca’ga tayanib xabar bermoqda.

Grimaldo Germaniya klubi safida 2023 yilning yozidan buyon to'p surmoqda. O'tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 46 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 12 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting