«Atletiko» Gehi uchun kurashga qo'shildi
Unga Yevropaning top jamoalari qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
“Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gehi “Atletiko”ning qiziqish doirasiga tushib qoldi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “burgutlar” futbolchining vakillari bilan aloqa o'rnatgan. Tomonlar o'rtasida dastlabki muzokara bo'lib o'tgan.
Qolaversa, Gehi yozda erkin agentga aylanadi va jamoani tark etish niyatida.
Gehi uchun “Barselona” va “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda. Ammo “Liverpul” asosiy nomzod sifatida ko'rsatilmoqda. Futbolchining o'zi ham mersisaydliklar libosini kiyishni rejalashtirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist