locale OZ

«Atletiko» Endrikni Xulian Alvaresga oʻrinbosar sifatida ko'rmoqda

Braziliyalik hujumchi hozirda «Lion» safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Endrikni Xulian Alvaresga oʻrinbosar sifatida ko'rmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi jamoa hujumchisi Xulian Alvares yozda jamoani tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini bosuvchi nomzodlarni qidirishni boshladi. Ayni damda madridliklar e’tibori Angliyaning «Bornmut» jamoasi to‘purari Igor Tyago hamda «Real»ga tegishli bo‘lib, hozirda ijara asosida «Lion»da to‘p surayotgan Endrikka qaratilgan. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Jamoa ustozi Diyego Simeone Endrikning iqtidoriga shubha qilmayapti va unga asosiy tarkibdan joy hamda jamoada muhim rol va’da qilmoqda.

Simeone braziliyalik yosh yulduzning salohiyatini aynan «Atletiko»da to‘liq ochish mumkinligiga ishonchi komil. Shu bilan birga, murabbiy Igor Tyagoning jismoniy kuchi va jarima maydonchasi ichidagi «yirtqich» instinktlarini ham yuqori baholamoqda.

Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Igor Tyago joriy mavsumda «Bornmut» safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va bir bor golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati hozirda 35 million yevroga baholanmoqda.

Endrik esa «Lion» safida bor-yo‘g‘i uchta o‘yinda qatnashgan bo‘lsa-da, allaqachon 4 ta gol va bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ayniqsa, uning so‘nggi bahsda qayd etgan xet-triki ko‘pchilikning og‘ziga tushdi. Yosh braziliyalikning hozirgi narxi taxminan 25 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting