locale OZ

«Atletiko» Diego Simeone bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi

Tomonlar oʻrtasida yana bir yilga moʻljallangan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Diego Simeone bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Simeone va «Atletiko» rahbariyati joriy mavsum yakunlangach, o‘zaro hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish bo‘yicha yangi kelishuv imzolashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Avvalroq, qishki transfer oynasidan so‘ng Simeone va klub sport direktori Mateu Alemani o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani fonida, mutaxassisga Milanning «Inter» klubi tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Diego Simeone 2011 yilning dekabr oyidan buyon Madrid klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida «matraschilar» ikki bor Ispaniya chempioni bo‘lishdi va ikki marta Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting