locale OZ

«Atletiko» ChLda APL jamoalariga qarshi safardagi so‘nggi beshta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

“Atletiko” ChLda Angliya jamoalariga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 14 o‘yinning faqat 2 tasida g‘alaba qozongan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» ChLda APL jamoalariga qarshi safardagi so‘nggi beshta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
ФОТО: Getty images

“Atletiko” Londonda bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi yarim final javob o‘yinida “Arsenal”ga 0:1 minimal hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, Madrid klubi Angliya jamoalariga qarshi safar o‘yinlaridagi mag‘lubiyatlar sonini ketma-ket beshtaga yetkazdi.

Xususan, asosiy yevrokubokning joriy mavsumida “matraschilar”, “to‘pchilar”ga qarshi kechgan o‘yindan tashqari, 1/8 final javob o‘yinida Londonda “Tottenhem Hotspur”ga (2:3) mag‘lub bo‘ldi, shuningdek, ChL umumiy bosqichida Angliyada bo‘lib o‘tgan bahslarda “Arsenal” (0:4) va “Liverpul”dan (2:3) yengildi. Shuningdek, “qizil-oqlar” 2021/2022-yilgi mavsum ChL 1/4 finalining birinchi o‘yinida safarda “Manchester Siti”ga (0:1) mag‘lub bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, “Atletiko” UEFA Chempionlar ligasida Angliya jamoalariga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 14 o‘yinning faqat 2 tasida g‘alaba qozongan

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting