«Atletiko» «Bavariya» yarimhimoyachisini nishonga oldi
«Matraschilar» kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
FOTO: Getty Images
Madridning «Atletiko» klubi kelasi yil uchun tarkibni kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda. Klub «Bavariya» yarimhimoyachisi Leon Goretzkaga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, «Atletiko» yozgi transfer oynasida Goretzkani erkin agent sifatida qo‘shib olishni ko‘rib chiqishi mumkin. Futbolchining «Bavariya» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi va Goretzka bilan klub o‘rtasidagi munosabatlar ideal emas.
Myunxenliklar shartnomani uzaytirishga katta mablag‘ sarflashni xohlamayapti.
30 yoshli futbolchi shuningdek, «Yuventus» va «Napoli» kuzatuvlarida ham mavjud. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 mln yevroni tashkil qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist