locale OZ

\"Atletiko\" \"Barselona\" ustidan FIFAga shikoyat qildi

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi shikoyatni qabul qilib olgan va "Barselona"dan ushbu holat bo‘yicha izoh taqdim etishni so‘ragan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Atletiko" "Barselona" ustidan FIFAga shikoyat qildi
Foto: Getty Images

Madridning "Atletiko" klubi "Barselona" ustidan FIFA hamda Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) rasmiy shikoyat kiritdi. Bunga kataloniyaliklarning argentinalik hujumchi Xulian Alvares transferi borasidagi harakatlari sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Atletiko" rahbariyati "Barselona" futbolchi hali amaldagi shartnomaga ega bo‘la turib, uning vakillari bilan ruxsatsiz muzokaralar olib borgan, deb hisoblamoqda. Madrid klubi buni FIFA transfer qoidalarining buzilishi sifatida baholab, ish yuzasidan rasmiy tekshiruv o‘tkazilishini so‘ragan.

Qayd etilishicha, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi shikoyatni qabul qilib olgan va "Barselona"dan ushbu holat bo‘yicha izoh taqdim etishni so‘ragan. Kataloniya klubi esa o‘z pozitsiyasini himoya qilish uchun huquqshunoslari bilan javob tayyorlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xulian Alvaresning "Barselona"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar bir necha haftadan buyon davom etmoqda. Biroq "Atletiko Madrid" rahbariyati argentinalik hujumchini sotish niyatida emasligini bir necha bor ta’kidlagan va futbolchini jamoada olib qolishni maqsad qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting