«Atletiko» «Arsenal» ustidan UEFAga shikoyat qildi
London klubi ma'muriyati mashgʻulotdan soʻng «matraschilar»ni issiq suv bilan taʼminlay olmagan.
FOTO: Getty Images
Madridning «Atletiko» klubi «Arsenal» ustidan UEFAga shikoyat qildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, londonliklar «matraschilar»ning «Emireyts» stadionidagi mashgʻulotlardan soʻng futbolchilarni issiq suv bilan taʼminlab bera olmagan.
Qayd etilishicha, ispan jamoasi futbolchilari mashgʻulotdan keyin dush qabul qila olmagan. Klub vakillari bu haqda stadion xodimlariga murojaat qilgan, biroq ularning iltimosi e'tiborsiz qoldirilgan. Natijada futbolchilar Londondagi mehmonxonalariga qaytishga majbur boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan oʻrin olgan «Arsenal» — «Atletiko» uchrashuvi bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist