locale OZ

Atletiko Alvaresni saqlab qolish uchun maoshini oshirmoqchi

Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Atletiko Alvaresni saqlab qolish uchun maoshini oshirmoqchi
ФОТО: Getty images

"Atletiko" klubi Xulian Alvares bilan yangi shartnoma imzolash orqali uni jamoada olib qolmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "matraschilar" argentinalik futbolchiga yiliga 10 million yevrodan ortiq maosh taklif qilishga tayyor.

Klub uning maoshini oshirish orqali "Barselona"ga o'tish fikridan qaytarmoqchi.

Qayd etilishicha, yangi bitim Alvaresni jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantiradi. Hozirda darvozabon Yan Oblakning yillik maoshi taxminan 20 million yevroni tashkil qiladi.

Joriy mavsumda Alvares barcha turnirlarda 44 ta bahsda ishtirok etib, 17 ta gol va 9 ta assist qayd etgan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting