locale OZ

«Atletiko» Alvaresni qaysi klubga sotmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Unga APLdan taklif bor.
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
«Atletiko» Alvaresni qaysi klubga sotmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

“Atletiko” rahbariyati hujumchi Xulian Alvaresning kelajagi bo‘yicha yangi strategiyani belgilab oldi.

COPE manbasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, klub argentinalik futbolchini “Barselona”ga sotmoqchi emas.

Manbaga ko‘ra, Alvares uchun asosiy yo‘nalish sifatida “Arsenal” varianti ustuvor deb qaralmoqda.

Qayd etilishicha, ehtimoliy kelishuv variantlaridan biri — almashuv transferi.

Unga ko‘ra, Alvares London klubiga o‘tadi, evaziga esa “Atletiko” 40–60 million yevro miqdorida to‘lov va shved hujumchisi Viktor Dyökereshni qabul qilishi mumkin.

Bu esa madridliklarga murabbiylar shtabi talablariga mos markaziy hujumchini qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting