«Atletiko» Alvaresni «Barselona»ga emas, «PSJ»ga sotmoqchi
Avvalroq madridliklar va kataloniyaliklar oʻrtasida kichik ziddiyat yuzaga kelgandi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Atletiko» klubi hujumchi Xulian Alvaresni hech qaysi jamoaga sotish niyatida emas. Biroq, agar futbolchi shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortsa, «matraschilar» uni «Barselona»ga emas, balki «PSJ»ga qoʻyib yuborishni afzal koʻrishadi. Bu haqda El Desmarque nashriga tayanib Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaning maʼlum qilishicha, «Atletiko» Alvaresni «PSJ»ga sotishga tayyor, chunki klublar oʻrtasida yaxshi munosabatlar shakllangan.
Shuningdek, «matraschilar»ga Fransiya grandining Alvares transferi uchun 175 million yevro toʻlashga tayyorligi haqida maʼlum qilingan. Oʻz navbatida, «Barselona» argentinalik futbolchining aynan u yerga oʻtish istagidan unumli foydalanib qolmoqchi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist