locale OZ

«Atletiko» Alvares uchun narx belgiladi

Futbolchining "matraschilar" bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Alvares uchun narx belgiladi
ФОТО: Getty images

“Atletiko Madrid” klubi hujumchi Xulian Alvares transferi bo‘yicha o‘z qarorini belgilab oldi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar argentinalik futbolchini faqat 100 million yevrodan yuqori taklif tushgan taqdirda sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.

Hozirda Alvaresni sotib olish bo‘yicha Angliyaning “Arsenal” klubi asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Londonliklar yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida argentinalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Alvaresning “Atletiko” bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi va klub futbolchi uchun 431 million funt sterling miqdorida tovon puli belgilagan.

Joriy mavsumda Xulian “matraschilar” safida jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting