locale OZ

«Atletiko» Alvares transferi boʻyicha «Barselona» ustidan FIFAga shikoyat qilmoqchi

Hozircha Kataloniya klubi rasmiy munosabat bildirmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletiko» Alvares transferi boʻyicha «Barselona» ustidan FIFAga shikoyat qilmoqchi
FOTO: Getty Images

“Atletiko” Xulian Alvares transferi masalasida “Barselona” ustidan FIFAga shikoyat kiritmoqchi. Madrid klubi rahbariyati kataloniyaliklarni amaldagi shartnomaga ega bo‘lgan futbolchi bilan ruxsatsiz muzokara olib borganlikda ayblamoqda. Gap argentinalik hujumchi Xulian Alvares atrofidagi vaziyat haqida ketmoqda.

“Atletiko” bosh direktori Migel Anxel Xil Marin klubning ushbu masaladagi pozitsiyasini izohlab, jamoa o‘z manfaatlarini himoya qilishi shart ekanini ta’kidladi.

“Bizning majburiyatimiz — ‘Atletiko’ manfaatlarini himoya qilish. Shu sababli biz ‘Barselona’ ustidan FIFAga shikoyat kiritmoqchimiz. Chunki ular amaldagi shartnomaga ega futbolchi bilan himoyalangan davrda muzokara olib borgan”, — dedi Xil Marin.

FIFA qoidalariga ko‘ra, agar futbolchining shartnomasi yakunlanishiga olti oydan ko‘proq vaqt qolgan bo‘lsa, boshqa klub uning amaldagi jamoasini rasmiy ravishda xabardor qilmasdan va ruxsat olmasdan futbolchi bilan bevosita muzokara olib borishi mumkin emas.

“Atletiko” aynan shu band buzilganini isbotlash niyatida. Hozircha “Barselona” tomonidan ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting