\"Atletik\" Niko Uilyams bilan shartnomani uzaytirmoqchi
“Atletik" klubi vinger Niko Uilyams bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar yiliga 10 million yevrolik maoshni muhokama qilmoqda. Agar kelishuvga erishilsa, shartnomadagi sotib olish bandining qiymati oshirilishi mumkin.
Futbolchiga ko‘plab jamoalar aloqaga chiqqan. Ammo uning moliyaviy talablari sabab xaridorlar o‘z fikrini o‘zgartirmoqda.
Nikoning shartnomadagi tovon puli — 58 million yevro. Tomonlar shartnomani uzaytirsa, bu raqamlar yanada oshishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Uilyams barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning qiymati 70 mln yevroni tashkil qiladi.