«Atletik» Laportni YeChL ro‘yxatiga kiritdi
Futbolchi jarohat olgan Prados o‘rnini egalladi.
ФОТО: Getty images
"Atletik" Chempionlar Ligasi joriy mavsum qaydnomasi uchun himoyachi Emerik Laportni ro‘yxatga oldi.
A ro‘yxatida 31 yoshli ispaniyalik futbolchi, jarohati tufayli uzoq muddat safdan chiqqan yarim himoyachi Benyat Prados o‘rnini egalladi.
Shu tariqa, Laport 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan YeChL 2-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmundga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchining transfer sertifikati o‘z vaqtida bajarilgani uchun FIFA ruxsat bermagandi. Keyinchalik olib borilgan izlanishlar natijasida Laportni ro‘yxatdan o‘tkazishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist