locale OZ

«Atletik» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Avvalroq Ernesto Valverde mavsum oxirida jamoani tark etishi eʼlon qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Atletik» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar ma’lum bo‘ldi
FOTO: Getty Images

«Atletik Bilbao» klubi rahbariyati joriy mavsum yakunida jamoani tark etadigan Ernesto Valverde o‘rniga yangi mutaxassis izlash ishlarini boshlab yubordi. Sport.es nashrining xabar berishicha, hozirda klub uchta asosiy nomzodni ko‘rib chiqmoqda.

Bosh murabbiylikga da’vogarlar:

  • Edin Terzich: Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq ustozi;
  • Andoni Iraola: Ayni damda Angliyaning «Bornmut» jamoasini boshqarayotgan mutaxassis;
  • Maurisio Pochettino: Hozirda AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan tajribali murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Atletik» 2022 yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgan Ernesto Valverde mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etishini rasman e’lon qilgan edi. Uning qo‘l ostida «qizil-oqlar» o‘tgan mavsumlarda Ispaniya Kubogi sohibiga aylanishgan edi.

Ayni paytda «Atletik» Ispaniya La Ligasida 35 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog‘onasini egallab turibdi. Jamoani yevrokuboklar zonasidan 6 ochko ajratib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting